Toshkentda “Paxtakor” “Qizilqum”ni “yanchib” tashladi

Sport

image

Kecha, 21 iyun kuni Toshkentning "Paxtakor" klubi Navoiyning "Qizilqum" jamoasini o‘z maydonida qabul qildi. O‘zbekiston Superligasining 12-tur doirasida o‘tkazilgan ushbu uchrashuvda poytaxtliklar raqiblari darvozasiga yuzing-ko‘zing demasdan naq 8 ta javobsiz gol kiritishdi.

Uchrashuvda mezbonlar hujumchisi Igor Sergeyev xettrik qayd etgan bo‘lsa, Marat Bikmayev va Dragan Cheran ikkitadan, Vladimir Kozak esa bitta gol muallifiga aylandi.

Ushbu g‘alabadan keyin "Paxtakor" 32 ochko to‘plagan holda turnir jadvalida yakkapeshqadam bo‘lib turibdi. Xabaringiz bor, "sherlar"ning ta’qibchilari hisoblangan "Lokomotiv" ushbu turda Samarqandda "dinamo"ga imkoniyatni boy berib qo‘ygan edi. Shunday qilib ikki jamoa orasidagi farq 8 ochkoni tashkil etmoqda.

“Paxtakor” – “Qizilqum” 8:0 (4:0, 4:0).
Toshkent shahri, “Paxtakor” stadioni. 

Hakamlar: Firdavs Norsafarov, Abduhamidullo Rasulov, Jahongir Saidov, Akmal Rahimov
Nazoratchi: Bobur Haydarov
Komissar: Diyor Imomxo‘jayev

Gollar: Marat Bikmayev 7, - 1:0 (Yegor Krimets). Igor Sergeyev 13, - 2:0 (Sardor Sobirxo‘jayev). Marat Bikmayev 20, - 3:0 (Dragan Cheran). Dragan Cheran 45, - 4:0 (Sardor Sobirxo‘jayev). Igor Sergeyev 62, - 5:0 (Jaloliddin Masharipov). Dragan Cheran 73 penalti, - 6:0. Vladimir Kozak 83, - 7:0 (Marat Bikmayev).

“Paxtakor”: Eldorbek Suyunov, Farruh Sayfiyev (Akrom Komilov, 46), Yegor Krimets (s), Sherzod A’zamov (Marko Simich, 64), Xojiakbar Alijonov, Odiljon Hamrobekov (Vladimir Kozak, 68), Sardor Sobirxo‘jayev, Jaloliddin Masharipov, Dragan Cheran, Marat Bikmayev, Igor Sergeyev.
Zaxira: Sanjar Quvvatov, Bobur Asqarov, Jahongir Ahmadov, Ruslan Roziyev, Shohruh Mahmudhojiyev, Sobit Sindarov.

“Qizilqum”: Artyom Makosin, Erkin Boydullayev (S), Murod Bobojonov (Sardor Jahonov, 24), Alisher Sanoyev, Mirjalol Qosimov, Muhsin Ubaydullayev, Sherali Jo‘rayev (Elguja Grigalashvili, 46), Xurshid Olimov, Maqsud Karimov, Suhrob Yarashev, Medina Smit
Zaxira: Yevgeniy Cheremisin, Akmal Rustamov, Eldor Boymatov, Azizbek Usmonov.

Ogohlantirish: Elguja Grigalashvili 69.


Maqola muallifi

Teglar

Paxtakor Superliga Qizilqum

Baholaganlar

11

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing