Toshkentda “Paxtakor” halokatining 40 yilligiga xotira o‘yini o‘tkaziladi

Sport

image

Joriy yilning 11 avgust kuni “Paxtakor” jamoasining 17 a’zosi halok bo‘lgan dahshatli aviahalokatga 40 yil to‘ladi. Ma’lumki, Har yili 11 avgust sanasida Paxtakor stadionida vafot etgan jamoani xotirlashga bag‘ishlangan tadbir o‘tkaziladi.

Bu yil poytaxtning “Paxtakor” stadionida sevimli jamoa xotirasi uchun “Paxtakor”  va sobiq “SSSR” jamoalari o‘yini bo‘lib o‘tadi. Marosim soat 19:00da boshlanadi, bir soat davom etuvchi musiqiy dasturdan so‘ng futbol o‘yini ham bo‘lib o‘tadi.

Jamoaning rasmiy veb-saytida o‘yin qatnashchilari nomi e’lon qilindi.

“Paxtakor”: Aleksey Roshin, Pavel Bugalo, Murod Aliyev, Denis Ivankov, Farhod Magometov, Gennadiy Denisov, Mirjalol Sobirov, Islom Ahmedov, Nu’mon Xasanov, Bobur Shodiyev, Sobir Xodiyev, Abdusamad Durmonov, Igor Shkvыrin, Jasur Abduraimov, Azamat Abduraimov, Shuhrat Maqsudov, Ilxom Sharipov, Ja’far Irismetov, Ravshan Bozorov, No‘’mon Nurmatov, Shota Arveladze, Gocha Tkebuchava, Mirjalol Qosimov, Oleg Sobirov, Aleksandr Xvostunov, Yorqin Nazarov, Aleksandr Tixonov, Sergey Lebedev, Marat Kabayev va Vasilis Xadzipanagis.

Jamoa boshlig‘i – To‘lagan Isakov

Bosh murabbiy – Birodar Abduraimov

Sobiq SSSR terma jamoasi: Otar Gabeliya, Kuralbek Ordabayev, Vladimir Gulyamxaydarov, Vladimir Bessonov, Igor Belanov, Aleksey Mixaylichenko, Aleksandr Zavarov, Vagiz Xidiyatullin, Valeriy Kechinov, Valeriy Shmarov, Dmitriy Kuznetsov, Ramiz Mamedov, Ruslan Nigmatullin, Aleksandr Mirzoyan, Andrey Yemanov, Kurban Berdыyev, Vladimir Gutsayev, Aleksandr Chivadze, Andrey Kanchelskis va Aleksandr Mostovoy.

Shuningdek, tadbirda  Narimon Jalolov, Vilgelm Qahhorov, Vladimir Shtern, Nikolay Lyubarsev, Vyacheslav Soloxo, Yevgeniy Valitskiy, Elmar Aminov, Razzoq Turg‘unov, Axrol Inoyatov, Ahmad Ubaydullayev, Rustam Mirsodiqov, To‘ra Shoymardonov va Mustafa Belyalovlar faxriy mehmon sifatida ishtirok etishadi.

Ma’lumot o‘rnida, 1979 yil 11 avgust kuni Dneprodzerjinsk ustidan ikkita samolyot to‘qnashdi. Ulardan biri bortida 83 kishi, shu jumladan, mashhur “Paxtakor” jamoasining 17 nafar futbolchisi bo‘lgan Toshkent-Minsk reysini amalga oshirayotgan edi.  Ikkinchi samolyot bortida 89 yo‘lovchi va olti ekipaj a’zosi bilan Chelyabinskdan Kishinyovga qarab yo‘l olgan bo‘lgan. Samolyotlarning to‘qnashuvi natijasida 178 kishi halok bo‘ldi, ular orasida Toshkent klubi tarixidagi “Paxtakor”ning eng yaxshi tarkibi bor edi.

“Paxtakor” jamoasi 1956 yil aprel oyida tashkil etilgan. U o‘z davrining eng mashhur va sevimli jamoasi edi. O‘n minglarcha kishilar “Paxtakor”ning ashaddiy muxlisi edilar. Klub 36 mavsum (1956-1991) davomida sobiq SSSR chempionatlarining turli ligalarida o‘ynadi va 1992 yildan buyon O‘zbekiston oliy ligasining ajralmas ishtirokchisiga aylandi.


Maqola muallifi

Teglar

Paxtakor-79 Paxtakor klubi

Baholaganlar

19

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing