Toshkentda “EVOS” kafesi yonib ketdi
3-sahifa
−
22 iyun 2022 14915 1 daqiqa
Toshkentda “EVOS” kafesida yong‘in sodir bo‘ldi. Oqibatda binoning taxminan 60 kvadrat metr maydoni yonib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 22 iyun kuni soat 09:03 da Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Mirobod tumani Farg‘ona yo‘li ko‘chasida joylashgan “EVOS” kafesida yong‘in bo‘layotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
O‘t o‘chiruvchilar voqea joyiga soat 09:12da etib borib, 09:24 da alangani qurshab olgan va 09:37 da o‘chirgan.
Hodisa oqibatida binoning taxminan 60 kvadrat metr maydonida tomi hamda oshxona jihozlari yongan. Fuqarolarning tan jarohati olish va halok bo‘lish holatlari qayd etilmagan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025