Toshkentda onasi bilan janjallashib qolgan qiz o‘zini 3-qavatdan tashlamoqchi bo‘ldi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Chilonzor tumanida qiz restoranlardan birining 3-qavatidan o‘zini tashlamoqchi bo‘lgani aks etgan videolar tarqaldi. Holatga aniqlik kiritish maqsadida QALAMPIR.UZ poytaxt IIBB axborot xizmati boshlig‘i Nilufar Isaxonova bilan bog‘landi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, qiz onasi bilan o‘zaro kelishmovchilik sababli restoranning uchinchi qavatiga chiqib, o‘zini tashlamoqchi bo‘lgan. Bu holatni ko‘rgan Chilonzor tumani IIO FMB xodimlari va bir fuqaro uni qutqarib qolgan. 

Shundan so‘ng, qiz bilan Ichki ishlar organlari psixologlari suhbat o‘tkazgan. 

“Hozirda qizning ahvoli yaxshi, u onasi bilan yarashtirildi”, deydi Nilufar Isaxonova.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing