Toshkentda ona 3 yoshli bolasini $10 mingga sotishga urindi (video)

3-sahifa

image

Toshkent shahrining Sergeli tumanida 41 yoshli ona o‘z bolasini 10 000 AQSH dollariga sotmoqchi bo‘lgan vaqtida qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi. 

Bildirilishicha, Toshkent shahri Sergeli tumani hududida o‘tkazilgan tezkor qidiruv tadbiri davomida 1985 yilda tug‘ilgan ayol o‘zining uch yoshli farzandini avvaldan kelishilgan tarzda o‘ziga tanish bo‘lmagan shaxsga 10 000 AQSH dollari evaziga sotmoqchiligi aniqlangan. Ayol pul mablag‘larini olayotgan vaqtda tezkor tadbir ishtirokchilari tomonidan qo‘lga olingan. 

Mazkur holat yuzasidan uch yoshli farzandini pullagan onaga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) uchinchi qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro viloyatining Buxoro tumanida uch kunlik chaqalog‘ini sotmoqchi bo‘lgan 18 yoshli ayol qo‘lga olingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent odam savdosi Sergeli ona

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing