Toshkentda ommaviy mushtlashuv yuz bergani rostmi? Rasmiy izoh berildi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida bir guruh yoshlar o‘rtasida ommaviy mushtlashuv yuz bergani haqidagi xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqamasi munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 28 fevral kuni taxminan soat 22:00 larda Yakkasaroy tumanidagi internet klublaridan birida 21 yoshli yigit va uning tanishi o‘zaro gap talashib qolgan. Shu sababli ular o‘rtasida janjal kelib chiqqan. Oqibatda yigitning tanishi jarohat olib, shifoxonaga murojaat qilgan.

“Mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tumani Ichki ishlar organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing