Toshkentda olomon to‘plandi (video)
Jamiyat
−
25 dekabr 2022
106301Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida ko‘plab fuqarolar to‘plangani aks etgan videolar tarqalib, muhokamalarga sabab bo‘ldi. Holat yuzasidan shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi izoh berdi.
Qayd etilishicha, Shayxontohur tumanida yangi do‘kon ochilishi munosabati bilan aksiya e’lon qilingani ko‘plab fuqarolar to‘planishiga sabab bo‘lgan.
Shundan so‘ng, ushbu hududda jamoat tartibini saqlash maqsadida ichki ishlar organlari va milliy gvardiya xodimlari jalb qilingan. Vaziyat to‘liq nazoratga olingan.
"Hurmatli fuqarolar, yangi do‘kon ochilishida va arzonlashtirilgan aksiyalar e’lon qilinganda jamoat tartibiga rioya qilishingizni so‘raymiz", deyiladi xabarda.
LiveBarchasi