Toshkentda og‘ir jinoyatlar sodir etishda gumonlanayotgan shaxslar qidirilmoqda

Jamiyat

image

Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi og‘ir jinoyatlar sodir etganlikda gumonlanuvchi shaxslarning qidiruvida ko‘mak so‘ramoqda. Bu haqda poytaxt IIBB Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, quyidagi fuqarolarga nisbatan qidiruv e’lon qilingan:

•    Saydakbarov Otabek Saidazim o‘g‘li, 1991 yilda tug‘ilgan;
•    Uzakov Vahob Xusanovich, 1971 yilda tug‘ilgan;
•    Axrorov G‘olib Gafurovich, 1983 yilda tug‘ilgan.

“Hurmatli hamshaharlar va Toshkent mehmonlari! Agar sizda yuqoridagi shaxslar to‘g‘risida biror ma’lumot bo‘lsa yoki ularga o‘xshash kishilarni uchratsangiz, 102 raqami orqali xabar berishingizni so‘raymiz. Oldindan minnatdorchilik bildiramiz!”, deyiladi xabarda. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

467

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing