Toshkentda og‘ir jinoyat sodir etgan 3 kishi qidirilmoqda

Jamiyat

image

Toshkent shahrida bir qancha og‘ir jinoyat sodir etib, dastlabki tergovdan yashirinib yurgan uch nafar shaxs qidirilmoqda. Bu haqda shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, qidiruvdagilardan biri 1983 yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan Jamshid Usmonovich Aллабергановдир. Bu shaxs haqida biror ma’lumotga ega bo‘lganlar 71-281-92-54, 98-124-00-50, 97-710-49-94, 97-156-78-87 telefon raqamlariga xabar berishi so‘ralgan.

Shuningdek, bir qancha jinoyatlar sodir etib, dastlabki tergovdan yashirinib yurgan 1997 yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan Normatov Azizjon Axmadjon o‘g‘li hamda 1997 yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan Abdujabborov Saida’lo Abduvali o‘g‘li ham qidirilmoqda. Mazkur shaxslar haqida biror ma’lumotga ega bo‘lganlar 71-233-71-47, 71-281-92-54, 98-124-22-26, 90-951-36-64 telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishi so‘ralgan.

“Hurmatli fuqarolar! Agar siz ushbu shaxslar haqida biror ma’lumotga ega bo‘lsangiz zudlik bilan yaqin oradagi IIBga yoki “102” raqami orqali xabar berishingizni so‘raymiz. Maxfiylik kafolatlanadi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent

Baholaganlar

858

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing