Toshkentda odamlar gavjum joylarda kuchaytirilgan tartib joriy etildi (foto)
Jamiyat
−
29 mart 2024 30728 1 daqiqa
Bugun, 28 martdan boshlab Toshkentda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida IIBB xodimlari kuchaytirilgan tartibda xizmat olib bormoqda. Bu haqda poytaxt IIBB axborot xizmati xabar berdi.

Xabar qilinishicha, xodimlar savdo majmualari, ko‘ngilochar maskanlar, bozorlar va boshqa jamoat joylarida kuchaytirilgan tartibda ishlamoqda.

“Mamlakatimiz, shahrimiz va har bir mahallada tinchlik va osoyishtalikni yanada mustahkamlash uchun barchamiz birdek mas’ulmiz. Befarq bo‘lmang”, deyiladi IIBB xabarida.

Live
Barchasi