Toshkentda odam organlari oldi-sotdisi bilan shug‘ullangan er-xotin ushlandi (video)
3-sahifa
−
11:12 3557 1 daqiqa
Toshkent shahrida inson a’zolari va to‘qimalarni oldi-sotdisi bilan shug‘ullanuvchi shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, muqaddam Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) 2-qismi bilan sudlangan, 1989 yilda tug‘ilgan fuqaro turmush o‘rtog‘i bilan birgalikda o‘zaro jinoiy til biriktirib, oson pul topish maqsadida insonlarda rahm uyg‘otuvchi videolar tayyorlab, internet sahifalariga joylab borgan.
Olib borilgan tezkor tadbir natijasida erkak ijtimoiy tarmoqlar orqali inson a’zolari va to‘qimalarining noqonuniy oldi-sotdisi bilan doimiy ravishda shug‘ullanib kelayotgani, mijozlar o‘zlarini operatsiya qilish uchun Tojikiston Respublikasining Dushanbe shahridagi Istiqlol klinikasiga olib borayotganligi ma’lum bo‘lgan. U o‘ziga ham buyrak ko‘chirish operatsiyasini amalga oshirgan va unga bu ishlarni amalga oshirishda yordam berganlar ham fosh etilgan.
Mazkur holat yuzasidan ushbu shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 133-moddasi (insonning transplantatsiya qilinadigan a’zolarini va (yoki) to‘qimalarini O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqish), 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi Aleksandrovskaya shifoxonasi o‘likxona boshlig‘i Andrey Kavetskiy marhumlarning jasadlarini va tana qismlarini noqonuniy ravishda xususiy kompaniyaga sotganlikda gumon qilinib, hibsga olingani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi