Toshkentda ochiq osmon ostidagi muz maydoni ish boshlaydi

Jamiyat

image

Joriy yilning 7 yanvar, payshanba kuni Toshkent shahrida joylashgan Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatrida ochiq muz maydoni ishga tushirilmoqda. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, shahar markazidagi muz maydoni bir oy muddatga o‘rnatiladi va u yerda qator madaniy-ko‘ngilochar, sport tadbirlari o‘tkaziladi. Konsert zonasida “Dance Music Fest Winter”, “Iosis Fest”, “Tashkent Rap Festival” musiqiy festivallari, shuningdek, xokkey bo‘yicha o‘smirlar chempionati, muz ustida raqs shousi kabi tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 

Muz maydoni ochilishi doirasida Rossiya muz sporti yulduzi, figurali uchish bo‘yicha Olimpiya chempioni Aleksey Yagudin o‘zining “Qish” dasturi bilan ishtirok etishi kutilmoqda. Undan tashqari, ochilish tadbirida o‘zbek estradasi yulduzlarining konserti ham tashkil etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

muz maydoni

Baholaganlar

246

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar