Toshkentda noyob Yevropa kiyigini olib yurgan shaxs aniqlandi
3-sahifa
−
12 yanvar 2023
13037Toshkentda mashinada yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan bir bosh Yevropa kiyigini hujjatsiz olib yurgan shaxslar aniqlandi. Bu haqda Tabiat resurslari vazirligi ma’lum qildi.
Joriy yilning 10 yanvar kuni Toshkent shahrining “Yangihayot” blokmaskani (Surum)da fuqaro X.J. bir bosh Yevropa kiyigini avtotransport vositasida tegishli hujjatlarsiz olib ketayotgani aniqlandi.
Surishtiruv davomida Yevropa kiyigining egasi ekanini aytgan fuqaro B.L. va uning sherigi X.J. voqea joyida tegishli hujjatlarni taqdim eta olmagan.
Shu sababli, ushbu holatga aniqlik kiritilgunga qadar Yevropa kiyigi vaqtinchalik saqlash uchun Toshkent hayvonot bog‘iga topshirildi.
“Mazkur tur CITES (yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo to‘g‘risidagi) konvensiyasining 1 ilovasiga kiritilgan. CITES'ning 1 ilovasi yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan hayvonlar va o‘simliklar turlarini o‘z ichiga qamrab oladi”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, ushbu turlarni tijorat maqsadida eksport, reeksport va import qilish taqiqlanadi. 1 ilovadagi namunalarni chet elga olib chiqish uchun CITES'ning ham eksport, ham import ruxsati olinishi talab etiladi.
Ma’lumot uchun, Yevropa kiyigining uzunligi 130-175 sm ga yetadi, vazni erkaklarda 65 dan 110 kg gacha va urg‘ochilarda 45 dan 70 kg gacha. Bu hayvon qizil kiyikdan qisqaroq bo‘yin va oyoqlari, shuningdek, mushak tanasi bilan ajralib turadi.
LiveBarchasi