Toshkentda HOWO' yonib ketdi
Jamiyat
−
04 Oktabr 2019 4173 1 daqiqa
Toshkent shahar yong‘in xavfsizligi boshqarmasi tomonidan olingan ma’lumotlarga qaraganda, o‘tgan sutka davomida poytaxtda 4 ta yong‘in holati qayd etilgan.
Ulardan 2 tasi qurigan o‘simlik va chiqindilarni yonishi bilan bog‘liq bo‘lgan yong‘inlarni tashkil etmoqda. Yong‘inlarda insonlarni halok bo‘lish va tan jarohati olish holatlari qayd etilmagan.
Kecha, 3 oktyabr kuni kuni soat 19:50da Shayxontohur tumani hududidan o‘tuvchi Toshkent xalqa avtomobil yo‘lida “NOWO” rusumli yuk tashuvchi avtoulovning kabinasida yong‘in chiqqan.
O‘t o‘chirish jangovar bo‘linmalari chaqirilgan manzilga soat 19:54da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong‘in soat 20:08da bartaraf etilgan.
Yong‘in avtotransport vositasining elektr tizimida qisqa tutashuv vujudga kelishi oqibatida sodir bo‘lgan deb, tahmin qilinmoqda. Yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr