Toshkentda “novostroyka” yondi (video)
3-sahifa
−
22 may 9269 1 daqiqa
Bugun, 22 may kuni Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi qurilish ob’ektida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, soat 12:43 da tumanning Oxangaron shox ko‘chasidagi qurilish ob’ektida yong‘in ro‘y berganligi to‘g‘risida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 12:52 da yong‘in joyiga yetib borgan.
Yong‘in oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar to‘g‘risida xabar kelib tushmagan.
Bildirilishicha, voqea joyiga Toshkent shahar va tuman FVB rahbar xodimlari yetib borgan va vaziyat to‘liq nazoratga olingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar Sergeli tumani joylashgan bir-biriga tutash 2 ta uyda yong‘in chiqqan edi.
Live
Barchasi