Toshkentda noqonuniy dori sotgan ota-bola ushlandi (video)

3-sahifa

image

Toshkent shahrida 3 mlrd so‘mlik sifat sertifikatiga ega bo‘lmagan dori savdosi bilan shug‘ullangan ota va bola ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 1969 va 1997 yillarda tug‘ilgan ota-bola o‘z yashash xonadonida aylanma yo‘llar orqali olib kelingan dori vositalarini saqlashga mo‘ljallangan yashirin ombor tashkil qilgan. U yerda dori vositalarini saqlash hamda dorixonalarga o‘tkazish bilan shug‘ullangan.

Tezkor tadbir davomida qonunbuzarlarga tegishli xonadon va avtomobil ko‘zdan kechirilganda, asosan Turkiya va Hindiston davlatlarida ishlab chiqarilgan “Dyuspatalin”, “Novomiks”, “Galvus MET” kabi 87 turdagi, jami 133 374 dona, taxminiy qiymati 3 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lgan dori vositalari aniqlangan. Bundan tashqari, 50 ming AQSH dollari, 10,6 mln so‘m va 150 nafar shaxsga tegishli bo‘lgan bank plastik kartalari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilib olingan.

Hozirda dori vositalari namunalari ekspertizadan o‘tkazish maqsadida Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markaziga yuborilib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda shirinlik orasiga yashirilgan qoradorini xorijdan olib o‘tmoqchi bo‘lgan 19 yoshli qiz ushlangani haqida xabar berilgandi.

Javohir Aliqulov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Toshkent dori ota-bola

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing