Toshkentda Nexia yonib ketdi

3-sahifa

image

Toshkent shahrining Yashnobod tumanida Nexia-1 rusumli transport vositasi yonib ketdi. Bu haqda shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, bugun, 3 avgust kuni Yashnobod tumani Uysozlar ko‘chasi 72-uy qarshisida soat 19:05 larda Nexia-1 rusumli transport vositasida yong‘in kelib chiqqan. 

Yong‘in tuman FVB xodimlari tomonidan bartaraf etilgan. Yong‘in oqibatida tan jarohat olganlar bo‘lmagan.

“Mazkur hodisa yuzasidan YHXB hamda FVB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilib, yong‘in yuzaga kelishining sabablariga aniqlik kiritilmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 24 iyul kuni Qamchiq dovonida Equinox rusumli avtomobil yonib ketgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Nexia FVB

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made