Toshkentda Nexia ikki piyodani urib yubordi

3-sahifa

image

Kecha, 28 fevral kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumanida haydovchi Nexia 3 rusumli avtomobilda 2 nafar piyodani urib yubordi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Voqea soat 10:20 larda Yashnobod tumani Ohangrabo ko‘chasida sodir bo‘lgan. 1992 yilda tug‘ilgan haydovchi B.Z. Nexia 3 rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, 2 nafar piyodalarni urib yuborgan.

YTH oqibatida piyodalar 1968 yilda tug‘ilgan K.R. va 1972 yilda tug‘ilgan Sh.R. lar tan jarohat olgan.

Ma’lum qilinishicha, holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 29 fevral kuni Toshkent shahrida King Long rusumli avtobus va Tracker avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz bergandi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Toshkent

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing