Toshkentda Nexia-3 va Spark ishtirokidagi YTHda uch kishi jarohatlandi

3-sahifa

image

Bugun, 19 oktyabr kuni Toshkentda Nexia-3  hamda Spark ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida uch kishi jarohatlandi. Bu haqda shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi  boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, soat 00:30 larda Chilonzor tumani Muqimiy-Chilonzor ko‘chalari chorrahasida haydovchi 2001 yilda tug‘ilgan A.J. boshqaruvida bo‘lgan Nexia-3 rusumli transport vositasi va haydovchi 1998 yilda tug‘ilgan A.K. boshqaruvida bo‘lgan Spark rusumli transport vositalari to‘qnashishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

YTH oqibatida Nexia-3 rusumli avtomashina haydovchisi va 23 yoshli yo‘lovchisi T.B. hamda Spark rusumli avtomashina haydovchisiga birinchi yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga olib ketilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda “Jiguli” va “Niva” to‘qnashishi oqibatida o‘smir jarohatlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Nexia

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made