Toshkentda Nexia-2 yonib ketdi

Jamiyat

image

Toshkent shahri  Yunusobod tumanida Nexia-2 rusumli mashina yonib ketdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB axborot xizmati boshlig‘i Nilufar Isoxanova QALAMPIR.UZ'ga xabar berdi.

Uning ma’lum qilishicha, bugun, 15 noyabr kuni soat 12:12 da Yunusobod tumani Alisher Navoiy ko‘chasidagi “Turkiston” san’at saroyi qarshisida harakatlanib ketayotgan Nexia-2 rusumli mashinaning salon qismida yong‘in kelib chiqqan.

Mazkur yong‘in hududiy FVB bo‘linmalari yetib kelguniga qadar, shu yerda xizmat olib borayotgan yo‘l-patrul xizmati inspektorlari yordami bilan o‘chirilgan. Yong‘in oqibatida hech kim tan jarohati olmagan. 

“Holat bo‘yicha Toshkent shahar IIBB YHXB va hududiy FVB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda”, deydi Nilufar Isoxanova.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 12 noyabr kuni Toshkent shahrining Bektemir tumani “Gulbog‘” MFYda simyog‘ochga urilgan Cobalt  to‘liq yonib ketgan edi. Shuningdek, 8 noyabr kuni Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida ham ISUZU  rusumli avtobus bilan to‘qnashgan Cobalt yonib ketgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Yunusobod yong'in Nexia-2 Turkiston FVB

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing