Toshkentda nafaqat odamlar, hayvonlar ham sovuqdan qaqshayapti  (fotoreportaj)

Bu qiziq

image

Anomal sovuq nafaqat odamlarga,  balki hayvonlarga ham og‘ir kelgani rost. Buni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, qarovsiz jonivorlarning  sovuqda muzlab qolayotganidan anglash qiyin emas. Havo haroratini keskin tushushi Toshkent hayvonot bog‘i mas’ullarini sarosimaga solib qo‘ygan. Manzilda gaz bosimining keskin pasayishi oqibatida jonivorlar hayoti qil ustida turibdi. 

QALAMPIR.UZ Toshkent hayvonot bog‘ida saqlanayotgan jonivorlar holidan xabar oldi.  

Hozirgi kunda hayvonot bog‘ida 346 turdagi jonivorlar saqlanyapti. Ularning orasida sovuqqa moslashmaganlari anchagina.  Anomal sovuq vaqtida ular qishga moslashtirilgan xonalarda jon saqlayapti. Xar bir xonada pol isitish tizimi mavjud. Bino harorati imkon qadar bir me’yorda ushlab turilmoqda. Shunga qaramay, qattiq kelgan qish gaz va elektr energiyasi bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqarmoqda. 

“Anomal sovuq kirib kelishidan oldin gaz bosimi sakkiz edi. Hozir uchga tushib qolgan, agar yana pastlaydigan bo‘lsa hayvonlarning ko‘pchiligini yo‘qotishimiz mumkin”, deydi Toshkent hayvonot bog‘i ilmiy ma’rifiy bo‘lim mudiri Hakim Samigov

Ta’kidlanishicha, issiq harorat ko‘proq fil, begimot, sudraluvchilar va ayrim turdagi qushlarga koprok kerak. Ularning xonalar katta bo‘lgani uchun mas’ullar qo‘shimcha isitish moslamasini o‘rnatgan.

Akobir Misiraliyev

 


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing