Toshkentda mudhish YTH. Jarohatlangan 7 kishidan 4 nafari bolalar

3-sahifa

image

Joriy yilning 1 yanvar kuni Toshkentda uch avtomobil ishtirokida mudhish yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Oqibatda 7 nafar shaxs turli darajada jarohati oldi. Achinarlisi shundaki, jarohatlanganlarning  4 nafari voyaga yetmagan bolalar. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea 1 yanvar kuni soat 17:15 atrofida Yashnobod tumani, Maxtumquli ko‘chasida sodir bo‘lgan. YTHga 1967 yilda tug‘ilgan, mast holatda Matiz rusumli avtomobilni boshqarib kelayotgan haydovchining boshqaruvni yo‘qotib qo‘ygani sabab bo‘lgan.  

Oqibatda Matiz qarama-qarshi yo‘nalish bo‘ylab harakatlanib kelayotgan, 1991 yilda tug‘ilgan E.R. boshqaruvidagi Nexia-2 hamda 1983 yilda tug‘ilgan R.K. boshqaruvidagi Nexia-2 rusumli avtomobillar bilan to‘qnashgan. 

YTXda Nexia-2 haydovchisi va 5 nafar yo‘lovchi (13 yoshli Z.T., 10 yoshli F.K., 5 yoshli bog‘cha tarbiyalanuvchisi I.K., 1 yoshli O.K., hamda 35 yoshli F.K.) tan jarohati olgan. 

Shuningdek, Matiz haydovchisi S.N. ham jarohatlangan.  Barcha jarohatlanganlar shifoxonaga yotqizilgan.

Xabarga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

448

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing