Toshkentda mudhish YTH. 31 yashar haydovchi vafot etdi

3-sahifa

image

Toshkentda yuz bergan yo‘l transport hodisasida 31 yoshli haydovchi vafot etdi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, YTH bugun, 11 dekabr kuni taxminan soat 6:00 da Chilonzor tumanining Furqat va Beshyog‘och ko‘chalari kesishmasida sodir bo‘lgan.

31 yoshli haydovchi Lacetti rusumli avtomobilni ishonchnoma bilan boshqarib ketayotganda, boshqaruvni yo‘qotib qo‘ygan. Oqibatda avtomobil to‘g‘ri borib, beton ustunga urilgan. 

“YTH oqibatida haydovchi olgan tan jarohatlari tufayli vafot etdi”, deyiladi xabarda.

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

483

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing