Toshkentda mijozining yuziga jarohat yetkazgan kosmetolog jazolandi

3-sahifa

image

Toshkent shahri Chilonzor tumanida kosmetolog bo‘lib ishlovchi ayol mijozining yuziga ehtiyotsizlik oqibatida tan jarohati yetkazib qo‘ygani uchun jinoiy javobgarlikka tortildi. QALAMPIR.UZ sud hujjati bilan tanishdi.

Ma’lum bo‘lishicha, sudlanuvchi Chilonzor tumanida joylashgan ayollar salonida kosmetolog lavozimida ishlab kelgan. U tibbiyot sohasida jarrohlik amaliyotini o‘tkazish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligidan tegishli ruxsatnoma olmasdan, qonun talablariga zid ravishda, 2023 yilning 20 sentyabr kuni soat 22:00 larda o‘z-o‘ziga ishonishi yoki beparvoligi orqasida ushbu salonga mijoz sifatida kelgan ayolning yuz sohasini toraytirishi uchun uning peshona sohasidan quloq oldi sohasigacha tibbiy buyum (skalpel) yordamida kesish yo‘li bilan jarrohlik amaliyotini o‘tkazib, mijozga ehtiyotsizlik orqasidan tan jarohati yetkazgan.

Qayd etilishicha, sudlanuvchi sud majlisida o‘z aybiga to‘liq iqrorlik bildirgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mijoz o‘z yuzini tortib qo‘yishni so‘rab murojaat qilgan. Ayol ushbu ish bo‘yicha mutaxassis emasligi va ruxsatnomasi yo‘qligini ma’lum qilgan, lekin ayol ruxsatnomasi bo‘lmasa ham muolaja o‘tkazishini so‘ragan. Kosmetolog esa rozi bo‘lgan.

U operatsiya o‘tkazgan va ayol 10 kun davomida tibbiy muolajaga qatnashi kerak bo‘lgan. Ertasi kuni kosmetolog uni muolaja olishga chaqirgan, lekin u to‘y sabab qishloqqa jo‘nab ketganini bildirgan. Shundan keyin u kosmetologga o‘zi ishlab kelayotgan tibbiy klinikada yuz sohasidagi iplarni oldirib tashlaganini, yuzida og‘riqlar yo‘qligini, hammasi joyida ekanini aytgan.

Oradan 5-6 oy muddat o‘tgach, ya’ni 2024 yilning fevral oylarida mijoz yuzida chandiq izlari qolganini aytib, kosmetologga da’vo qila boshlagan va undan 2 ming dollar so‘ragan. Kosmetolog zararni qoplab berishni xohlamagan va ayol IIBga murojaat qilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudining 2025 yil 20 fevraldagi hukmiga ko‘ra, kosmetolog Jinoyat kodeksining 111-moddasi (ehtiyotsizlik orqasidan badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazish) 2-qismi bilan aybli deb topilgan va Jinoyat kodeksining 57-moddasini qo‘llagan holda BHMning 10 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Chilonzor jinoiy javobgarlik kosmetolog ayollar saloni

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing