Toshkentda metro va avtobus uchun yo‘lkira narxi oshishi mumkin
Jamiyat
−
20:31 1015 1 daqiqa
Joriy yil 1 oktyabrdan boshlab Toshkent shahrida metro va avtobus uchun yo‘lkira narxi 1700 so‘mdan 2500 so‘mga oshirilishi mumkin. Bu haqda poytaxt hokimligining “Toshkent shahridagi jamoat transportida yo‘lkira haqi tarifini belgilash to‘g‘risida”gi qarori loyihasida so‘z boradi.
Unga ko‘ra, Toshkent shahrining jamoat transporti yo‘nalishlarida (avtobus va metropoliten) qatnovlarni amalga oshirish uchun yo‘lkira haqining quyidagi cheklangan tariflari belgilanadi:
- bir yo‘lovchi qatnovi uchun naqd pul orqali amalga oshirilganda cheklangan tarif QQS bilan 3 ming so‘m (o‘zgarishsiz) undiriladi;
- bir yo‘lovchi qatnovi uchun 1 martalik to‘lov elektron to‘lov tizimi orqali amalga oshirilganda rag‘batlantiruvchi chegirma qo‘llanilgan holda QQS bilan 2500 so‘m undiriladi;
- bir yo‘lovchining bagajini tashish bo‘yicha xizmat uchun QQS bilan 4 ming so‘m undiriladi.
Shuningdek, yangi abonement va transport almashtirish tariflarini joriy etish rejalashtirilmoqda.


Qaror loyihasi 19 sentyabrga qadar jamoatchilik muhokamasida bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatida jamoat transportlaridan foydalanish uchun naqd puldagi tariflar qayta ko‘rib chiqilgandi va ular elektron tarif to‘lovlariga nisbatan 30 foiz qimmatlashtirilgandi.
Live
Barchasi