Toshkentda metro poyezdi to‘xtab qoldi (video)
Jamiyat
−
12:48 2607 1 daqiqa
Bugun, 28 mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Paxtakor” metro bekatida poyezdlar to‘qnashib ketgani va oqibatda yo‘lovchilar 30 daqiqaga yaqin qolib ketgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan “Toshkent metropoliteni” rasmiy bayonot berdi.
Qayd etilishicha, soat 11:49 da “Xalqlar do‘stligi” metro bekatiga kirib kelgan 1984 yilda ishlab chiqarilgan 15-sonli harakat tarkibida qisqa muddatli texnik nosozlik aniqlangan.
Mazkur holat yuzaga kelishi bilan harakat tarkibi mashinisti zudlik bilan poyezd nozimiga tegishli tartibda axborot bergan.
Vaziyat tezkor ravishda nazoratga olinib, yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash maqsadida ular bekatda tushirilgan hamda harakat tarkibi texnik ko‘rik yo‘lagiga olib chiqilgan.
“Yuzaga kelgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun yo‘lovchilardan uzr so‘raymiz”, deyiladi bayonotda.
Holat yuzasidan “Toshkent metropoliteni” Qalampir.uz’ga poyezdlar to‘qnashib ketmaganini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Pushkin” metro bekatidan “Hamid Olimjon” metro bekati tomon harakatlanayotgan 10-sonli harakat tarkibi tunnel ichida to‘xtab qolgandi.