Toshkentda Mercedes Benz yonib ketdi

3-sahifa

image

Toshkentda harakatlanib ketayotgan Mercedes Benz rusumli avtomobil yonib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, bugun, 10 aprel kuni Mirzo Ulug‘bek tumani Mustaqillik shoh ko‘chasida harakatlanib ketayotgan Mercedes Benz rusumli avtomobilda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida shahar FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 13:49 da hodisa sodir bo‘layotgan joyga yetib borib, soat 13:52 da yong‘in bartaraf etilgan.

Yong‘in oqibatida avtomobilning motor va salon qismi yonib zaralangan. Tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

543

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing