Toshkentda Mercedes-Benz Nexia-3 va Lacetti bilan to‘qnashdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Toshkent shahrida 3 ta avtomobil ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston IIV YHXBB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bugun, 4 iyun kuni soat 10:50 larda Toshkent shahar Chilonzor tumani Baynalminal ko‘chasida joylashgan 26-uy ro‘parasida Nexia-3, Lacetti va Mercedes-Benz rusumli avtomobillar ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

To‘qnashuv oqibatida Mercedes-Benz rusumli avtomobil haydovchisi va ikki nafar yo‘lovchisi tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilib to‘qnashuv sodir bo‘lish sabablariga oydinlik kiritilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

360

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing