Toshkentda “Mening birinchi uyim” yangi ipoteka dasturi boshlanadi

Jamiyat

image

Aholi uchun yangi uy-joylar qurish hajmlarini 1,5 barobarga oshirib, 90 mingga yetkaziladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 20 dekabr kuni Oliy Majlis palatalariga yo‘llayotgan murojaatida aytib o‘tdi.

“Konstitutsiyamizga aholining munosib hayot kechirishi va uy-joyga ega bo‘lishi to‘g‘risidagi yangi moddalarni kiritish lozim, deb hisoblayman”, deydi Prezident. 

Aholi uchun yangi uy-joylar qurish hajmlarini 1,5 barobarga oshirib, 90 mingga yetkazamiz. Bunda, ikki yil oldin boshlangan imtiyozli shartlarda ipoteka berish davom ettiriladi.

Kelasi yilda Toshkent viloyatida  “Mening birinchi uyim” yangi ipoteka dasturi boshlanadi.

“Dastur doirasida, birinchi navbatda turar-joyga ehtiyoji bor hamda yosh oilalar uchun eng qulay shartlar asosida uy-joylar barpo etiladi”, deydi Shavkat Mirziyoyev.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

540

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing