Toshkentda Matiz YTH sodir etib, ag‘darilib ketdi
3-sahifa
−
19 noyabr
2164Kecha, 18 noyabr kuni Toshkent viloyatida Matiz mashinasi yo‘l-transport hodisasi sodir etib, ag‘darilib ketdi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, holat soat taxminan 14:00 da viloyatning Yuqori Chirchiq tumani hududidan o‘tuvchi “Olmaliq-Toshkent” avtomobil yo‘lining 35-kilometrida sodir bo‘lgan. 1984 yilda tug‘ilgan K.U. ismli haydovchi Matiz rusumli transport vositasini boshqarib ketayotgan vaqtida harakat bo‘lagini almashtirish vaqtida o‘zi bilan bir yo‘nalishda bo‘lgan 1990 yilda tug‘ilgan Sh.X boshqaruvidagi Nexia 3 rusumli avtomobil bilan to‘qnashgan va ag‘darilib ketgan.
Shu vaqtda bir yo‘nalishda bo‘lgan 1983 yilda tug‘ilgan X.P boshqaruvidagi Nexia 2 rusumli avtomobilga tegib ketishi tufayli yo‘l-transport hodisasi yuz bergan.
Ushbu yo‘l-transport hodisasi oqibatida hech qaysi harakat ishtirokchilarining sog‘lig‘iga ziyon yetmagan. Holat yuzasidan Yuqori Chirchiq tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida Captiva bilan to‘qnashgan Spark ag‘darilib ketgandi. YTH oqibatida Spark transport vositasining haydovchisiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga olib ketilgandi.