Toshkentda Matiz yonib ketdi

3-sahifa

image

Toshkent shahrining Mirobod tumanida bugun, 13 mart kuni Matiz rusumli avtomobil yonib ketdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Mirobod tumani Amir Temur ko‘chasi 33-uy qarshisida soat 08:00 larda, haydovchi 1993 yilda tug‘ilgan N.A.ga tegishli Matiz rusumli transport vositasining dvigatel qismida qisqa tutashuv sodir bo‘lishi oqibatida, yong‘in kelib chiqqan. 

Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Uning oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

“Mazkur hodisa yuzasidan YHXB hamda FVB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilib, yong‘in yuzaga kelishining sabablari va zarar miqdoriga aniqlik kiritilmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 12 mart kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumanida Lacetti rusumli avtomobil yonib ketgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Matiz Mirobod

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing