Toshkentda Matiz ag‘darilib, Spark bilan to‘qnashdi

3-sahifa

image

Toshkentda Matiz haydovchisi avtomobilni boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo‘qotib, beton to‘siqqa urildi. Oqibatda mashina ag‘darilib, yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishidan harakatlanib kelayotgan Spark bilan to‘qnashdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, yo‘l-transport hodisasi bugun, 19 yanvar kuni taxminan soat 00:30larda Yashnobod tumani Farg‘ona yo‘li ko‘chasining ikkinchi darajali yo‘lida yuz bergan. Haydovchi A.N. Matiz rusumli avtomobilni boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo‘qotgan va beton to‘siqqa urilgan. Oqibatda mashina ag‘darilib, yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishidan harakatlanib kelayotgan haydovchi F.Sh. boshqaruvidagi Spark bilan to‘qnashgan. 

Ma’lum qilinishicha, Matiz haydovchisi A.N. "o‘ng oyoq ezilib yirtilgan jarohati, bosh va yuz shilinishi" tashxisi bilan, Spark  yo‘lovchisi F.M. "bosh sohasi yumshoq to‘qimalari lat yeyishi va chap qosh sohasi ezilib yirtilgan jarohati" tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan. 

Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, YTHga Matiz haydovchisining mast holatda bo‘lganligi sabab bo‘lgan


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

187

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing