Toshkentda Matiz haydovchisi piyodalarni urib ketdi

3-sahifa

image

Joriy yilning 15 oktyabr kuni Toshkentda haydovchi Matiz rusumli avtomobilda piyodalarni urib ketdi. Bu haqda IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi ma’lum qildi.

YTH soat 21:23 larda Toshkent shahar, Mirobod tumani, Yangi Qo‘yliq ko‘chasi “Afsona” binosi qarshisida yuz bergan. Haydovchi, 1983 yilda tug‘ilgan J.M. Matiz rusumli avtomobilni boshqarayotib, rul boshqaruvini yo‘qotishi oqibatida yo‘l chetida turgan piyodalarni urib yuborib, ag‘darilib ketgan.

Hodisa natijasida uch nafar piyoda tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Yo‘l chetida turgan avtomobillarga ham zarar yetgan.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

237

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing