Toshkentda mast ayol o‘zini yong‘in bo‘layotgan uyning 4-qavatidan tashlab yubordi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in kelib chiqqani bois, ayol o‘zini to‘rtinchi qavatdan tashlab yuborgani aks etgan video tarqaldi. O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati video yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Mazkur hodisa Toshkent shahar Yashnobod tumani Alimkent 1-tor ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylarning birida sodir bo‘lgan. Aniqlanishicha, xonadondagi mebel jihozida (4 kvadrat metr) yong‘in kelib chiqqan. 

Oqibatda mehmonga kelgan fuqaro S.A. uyning orqa tomonidagi derazadan chiqqan. FVV xodimlari tomonidan avtonarvon yordamida qutqaruv ishlari amalga oshirilayotgan vaqtda ayolning qo‘llari toliqib, to‘rtinchi qavatdan o‘zini tashlagan. 

Qayd etilishicha, fuqaroga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, shifoxonaga yetkazildi.  Jabrlangan fuqaro travmatologiya bo‘limiga olib borilganida, u mast holda bo‘lgani ma’lum bo‘ldi. Hodisa oqibatida S.A.ga jiddiy jarohat yetmagan. Hozirda uning ahvoli o‘nglanmoqda. Yaqin kunlar ichida fuqaroga javob beriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

853

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing