Toshkentda Malibu va Lacetti to‘qnashdi. Uch kishi shifoxonaga yotqizildi
Jamiyat
−
29 mart 2021 8248 1 daqiqa
Toshkent shahri Yunusobod tumanida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, kecha, 28 mart kuni, taxminan soat 19:30 da Amir Temur ko‘chasida 32 yoshli T.R. boshqaruvidagi Malibu va 55 yoshli Ya.R. boshqaruvidagi Lacetti avtomobillari to‘qnashuvi ro‘y bergan. YTH sabablariga aniqlik kiritilmoqda.
YTH oqibatida ikkala haydovchi, shuningdek avtomobillardan birining yo‘lovchisi – 41 yoshli K.Sh. turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.
Live
Barchasi