Toshkentda Malibu urib ketgan erkak vafot etdi (video)
3-sahifa
−
11 may
9984Joriy yilning 11 may kuni Mirzo Ulug‘bek tumanida Malibu rusumli avtomobil haydovchisi 45 yoshli piyodani urib ketdi. Bu haqda poytaxt YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 04:00 lar atrofida Mirzo Ulug‘bek tumani Feruza ko‘chasi "Oqtepa lavash" binosi qarshisida 20 yoshli yigit Malibu avtomashinasini boshqarib ketayotganda 45 yoshli erkakni urib yuborgan. YTH oqibatida piyoda voqea joyida vafot etgan.
“Holat yuzasidan shahar IIBB tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov davom etmoqda”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryoda 7 yashar bola YTH qurboni bo‘lgani haqida xabar bergandik.
LiveBarchasi