Toshkentda “Makon marketing forum-2023” o‘tkaziladi
Biznes
−
03 may 2023
375920 may kuni “Hyatt Regency Tashkent”da yetakchi mahalliy va xorijiy ekspertlar, marketologlar va yirik kompaniyalarning top-menejerlari chiqish qiladilar hamda O‘zbekiston sharoitida samarali ishlaydigan marketing vositalari to‘g‘risidagi amaliy tajribalari bilan o‘rtoqlashadilar.
Forum ishtirokchilari bozor ekspertlaridan dolzarb bilimlarga ega bo‘lib, ularni o‘z bizneslarini rivjlantirish va professional takomillashuv uchun qo‘llay oladilar.
Forumga O‘zbekiston, Singapur, Turkiya, Qozog‘iston, Rossiyadan ekspertlar taklif etilgan. Spikerlar marketing biznesni qanday rivojlantirishi borasidagi shaxsiy tajribalarini baham ko‘radilar. Forumning asosiy mavzulari: marketologlar uchun sun’iy intellektning foydasi, chat-botlar va kommunikatsiyaning shaxsiylashuvi, narx shakllanishi, raqamli ekotizm, marketing ta’limi, marketing jamoalarining shakllanishi va boshqa ko‘plab masalalar.
“Bu yil beshinchi marta o‘tkazilayotgan Forumning asosiy vazifasi, – Forum tashkilotchisi, O‘zbekiston marketing uyushmasi boshqaruvi raisi Diyor Mirzaahmedovning fikriga ko‘ra, - an’anaga aylangan har yilgi formatni qo‘llab-quvvatlash sanaladi, bunda yilda bir marta real tajriba va bilimga ega mahalliy va xorijiy spikerlar eng faol mahalliy marketologlar va tadbirkorlar bilan uchrashadilar hamda o‘tgan yildagi o‘z real keyslari va kuzatuvlarini hamkasblar va boshlovchi mutaxassislar bilan baham ko‘radilar. Bu yil marketing biznesni qanday rivojlantirishini hamda to‘g‘ri va samarali marketingga ega kompaniyalar raqobatchilariga qaraganda muvaffaqiyatliroq va tezroq rivojlanishlari sabablarini muhokama qilish forumning asosiy mavzusi etib belgilanishi bejiz emas”.
“MAKON Marketing Forum 2023” forumida quyidagilar chiqish qiladilar
- Mixail Terentev, Mailfit.com marketing agentligi asoschisi va Letteros.com muharriri (Rossiya/O‘zbekiston/Singapur)
- Konstantin Naychukov, pulli trafik bilan ishlash eksperti, eLama servisi targ‘ibotchisi (Rossiya/Turkiya)
- Ilya Balaxnin, “Paper Planss” konsalting agentligi boshqaruvchi hamkori (Rossiya)
- Akmal Hamidov, “Mikrokreditbank” ATB boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari
- Aziz Nuritdinov, AIKO, DAFNA hammuassisi (O‘zbekiston)
- Gulya Davlatova, “BUKA FIT” fitnes klubi muassisi va “BUKA JIM” raxbari
- Yuliya Ivanova, “MAD bootscamp” marketing maktabi hammuassisi (O‘zbekiston)
- Zamira Rahmonova, “ISHONCH” kreativ direktori (O‘zbekiston)
- Aleksandr Shubin, “myRetailStrategy” boshqaruvchi hamkori (Qozog‘iston)
- Natalya Grigoryan, “Lay’s, PepsiCo” integratsiyalangan marketing kommunikatsiyalari sobiq rahbari, (Rossiya)
- Fedor Virin, “Data Insight” va “Cross Insights” hamkori (Rossiya va MDH)
Forum doirasida panel muhokamalari o‘tkaziladi, ularda muvaffaqiyatli loyihalar rahbarlari muvaffaqiyatga erishishda marketing roli haqidagi o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
MAKON Marketing Forum 2023– avvalo, olg‘a intilish uchun zarur bo‘lgan professionallarning faol muloqoti, turli g‘oyalar va fikrlarni ifodalash uchun maydoncha. Bu bir kunga eng samarali marketing vositalari olamiga sho‘ng‘ish va industriyaning dolzarb tendensiyalari haqida xabar topish imkoniyatidir. Tashkilotchilar aminki, MAKON Marketing Forum 2023da qatnashish har bir shaxsga taraqqiyotning yangi istiqbollarini ko‘rish va samarali marketing vositalari to‘g‘risidagi olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llashda yordam beradi, shu bois Markaziy Osiyodagi yagona va eng keng ko‘lamli tarmoq tadbirini faol qo‘llab-quvvatlashga chaqiradilar.
Biznes-forum ishi yakunlanishi bilan «Yil Brendi 2022» mukofoti g‘oliblarini taqdirlash tantanali marosimi o‘tkaziladi, unda ochiq xalq ovoz berishi hamda uyushma ekspertlari va sheriklari ovoz berishlarining g‘oliblari e’lon qilinadi.
Bu yil, o‘tgan yilda bo‘lgani kabi, iste’molchilarning ochiq ovoz berishi @makon_brand_bot Telegram-botida o‘tyapti va allaqachon barcha ishtirokchilar tomonidan faol qo‘llab-quvvatlanmoqda. Uch hafta ovoz berish davomida unda 250 mingdan ziyod iste’molchilar qatnashdi, ular 25 ta nominatsiyada o‘zlari uchun sevimli bo‘lgan 217 ta brendga ovoz berdilar. Iste’molchilar ovoz berishi 8-maygacha davom etadi (shu kun ham hisoblanadi).
“Yil Brendi 2022” mukofoti 25 ta nominatsiyasining har biri bo‘yicha g‘oliblar e’lon qilinishidan tashqari, 20-maydagi tadbirda “Yil shaxsi”, “O‘zbekiston marketingi rivojiga qo‘shgan hissasi uchun”, “Yil kashfiyoti” kabi maxsus sovrinlar ham topshiriladi.
Forum tashkilotchilari – O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi, O‘zbekiston Marketing uyushmasi.
Bosh hamkor – MEDIAPARK
Titul hamkor – MK BANK
Forum dasturi – marketing.uz saytida
Chiptalar – iticket.uz
Axborot uchun: +99897 402 28 20
Reklama huquqi asosida
LiveBarchasi