Toshkentda “makler”lar mijoz talashib janjallashdi

3-sahifa

image

Toshkentda “makler” hamkasbi bilan mijoz talashib, unga tan jarohati yetkazdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Joriy yilning 3 yanvar kuni soat 20:30 da “maklerlik” bilan shug‘ullanib kelgan S.U. tanishi F.K. bilan Chilonzor tumanida joylashgan Y.J.ning ijaraga berayotgan uyiga ikkalasi ham bir mijozni olib borishi o‘rtalarida o‘zaro janjal kelib chiqishiga olib kelgan. Ushbu uyning oldida S.U. jahl ustida qo‘lida bo‘lgan noma’lum jism bilan F.K.ning qorin sohasiga urib, unga tan jarohati yetkazgan.

Oqibatda F.K. olgan tan jarohatlari bilan Respublika shoshilinch tibbiy ilmiy yordam markaziga “qorin oldi devori sanchilib kesilgan, taloq va buyrak shikastlanishi” kabi tan jarohati bilan murojaat qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi boshqarmasi huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan S.U.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “l” bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing