Toshkentda Leningrad qamaliga bag‘ishlangan yodgorlik o‘rnatilishi mumkin

Olam

image

Turkmaniston va O‘zbekistonda Leningrad qamali xotirasi bilan bog‘liq yodgorliklar o‘rnatilishi mumkin. Bu haqda Sankt-Peterburg ma’muriyati matbuot xizmati xabar bergan. 

Ta’kidlanishicha, kecha, 6 sentyabr kuni Sankt-Peterburg gubernatori Aleksandr Beglov Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan ishchi uchrashuvda Turkmaniston va O‘zbekistondagi sheriklari bilan bu masalani o‘rganish haqida gapirgan. 

“O‘tgan yilning yanvarida butun dunyo uchun muhim voqea sodir bo‘ldi. Quddusda Rossiya Prezidenti, Isroil Prezidenti va Bosh vaziri ishtirokida yodgorlik ochildi. Yaqinda Manchesterda yodgorlik taxtasi o‘rnatildi. Bundan oldin Qirg‘iziston va Armanistonda yodgorliklar ochilgan edi. Urush paytida bu Respublikalar evakuatsiya qilingan leningradliklarni qabul qilishdi. Hozirda hamkorlarimiz bilan birgalikda Ashxobod va Toshkentda blokada yodgorliklarini yaratish ustida ishlayapmiz”, degan gubernator. 

Ma’lumot o‘rnida, Ikkinchi jahon urushining muhim voqealaridan biri bo‘lgan Leningrad qamali 1941 yil 8 sentyabrda boshlangan va deyarli 900 kun davom etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Leningrad qamali

Baholaganlar

50

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar