Toshkentda Lacetti yonib kul bo‘ldi

3-sahifa

image

Bugun, 21 oktyabr kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumanida “avariya”ga uchragan Lacetti yonib kul bo‘ldi. Bu haqda poytaxt Yo‘l harakati xavsiligi boshqarmasi xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, soat 00:10 da Chilonzor tumani Bunyodkor shohko‘chasida Lacetti va Cobalt avtomashinalari to‘qnashishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. To‘qnashuvdan so‘ng, Lacetti avtomashinasida yong‘in yuzaga kelgan. 

YTH oqibatida Cobalt yo‘lovchisiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. 

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB hamda FVB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 

Poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari voqea sodir bo‘lgan joyga 00:22 da yetib borib, yong‘in soat 00:29 da o‘chirilgan. 

Boshqarma aynan yong‘in oqibatida jarohat olganlar yo‘qligini bildiradi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatidagi gaz “zapravka”lardan birida metan quyish jarayonida Damas yonib ketgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Lacetti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing