Toshkentda Lacetti yonib ketdi

3-sahifa

image

Bugun, 12 mart kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumanida Lacetti rusumli avtomobil yonib ketdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi. 

Hodisa soat 16:15 larda tumanning Zargarlik ko‘chasida sodir bo‘lgan. Haydovchi 2001 yilda tug‘ilgan A.T.ga tegishli Lacetti rusumli transport vositasining dvigatel qismida qisqa tutashuv sodir bo‘lganligi oqibatida, yong‘in kelib chiqqan. 

Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

“Mazkur hodisa yuzasidan YHXB hamda FVB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilib, yong‘in yuzaga kelishining sabablari va zarar miqdoriga aniqlik kiritilmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda Toshkent shahrida harakatlanayotgan Orlando rusumli avtomobilning motor qismida yong‘in chiqqandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Chilonzor Lacetti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing