Toshkentda Lacetti urib yuborgan piyoda vafot etdi

3-sahifa

image

Joriy yilning 2 may kuni Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida Lacetti avtomashinasi piyodani urib yubordi va u shifoxonada vafot etdi. Bu haqda poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, soat 17:40 larda Yakkasaroy tumani KHAY ko‘chasida 2004 yilda tug‘ilgan A.A. Lacetti rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, tartibga solingan piyodalar o‘tish joyidan kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan. Hodisa oqibatida piyoda olgan tan jarohatlari sabab shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, haydovchiga qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. 

Bildirilishicha, tergov harakatlari davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 29 aprel kuni Toshkent shahrining Yunusobod tumanida Hyundai avtomobili Kavaski rusumli  mototransport vositasi bilan to‘qnashib ketgandi va oqibatda Kavaski haydovchisi vafot etgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Lacetti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing