Toshkentda Lacetti urib yuborgan piyoda vafot etdi
3-sahifa
−
31 may 2021 4702 1 daqiqa
Toshkent shahri Yangihayot tumanida Lacetti urib yuborgan 55 yoshli piyoda vafot etdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 21 may kuni taxminan soat 20:00 da Yangihayot tumani Binokor ko‘chasida Lacetti avtomobilini boshqarib borgan 1967 yilda tug‘ilgan S.S. tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tmoqchi bo‘lgan piyodani urib yuborgan.
YTH oqibatida priyoda — 1966 yilda tug‘ilgan A.B. badan shikastlari bilan shifoxonaga yetkazilgan. Joriy yilning 27 may kuni tibbiyot xodimlarining sa’y-harakatlariga qaramasdan A.B. hayotdan ko‘z yumgan. 0
Toshkent shahar IIBB tergov boshqarmasi tomonidan mazkur fakt bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov olib borilmoqda.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr