Toshkentda Lacetti turgan joyida yonib ketdi
3-sahifa
−
09 yanvar 2025 5638 1 daqiqa
Bugun, 9 yanvar kuni Toshkent shahrida Lacetti rusumidagi avtomobil turgan joyida yonib ketdi. Bu haqda shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 08:50 da Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani Mirzo Ulug‘bek shox ko‘chasida avtomobil yonayotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 08:52 da yetib borib, yong‘in soat 08:56 da o‘chirilgan.
“Yong‘in oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida Cobalt avtomashinasi yonib ketgandi. Yong‘in oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar bo‘lmagan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025