Toshkentda qarama-qarshi yo‘nalishda tomosha ko‘rsatgan “shumaxer”ga chora ko‘rildi
Jamiyat
−
29 avgust 2022
15489Ijtimoiy tarmoqlarda Lacetti rusumli transport vositasi yo‘lning qarama-qarshi tomoniga chiqib harakatlangani aks etgan video tarqalib, ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi. Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmati mazkur holatga munosabat bildirdi.
Aniqlanishicha, joriy yilning 24 avgust kuni taxminan soat 22:20 larda 1986 yilda tug‘ilgan J.M. Lacetti rusumli transport vositasini tegishli hujjatlarsiz, haydovchilik guvoxnomasiga ega bo‘lmagan holda boshqarib, Chilonzor tumani Bunyodkor shoh ko‘chasida yo‘lning qarama-qarshi tomonida harakatlangan.
Huquqbuzarlik sodir etgan J.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-5-moddasi 2-qismi, 135-modda, 194-modda bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomashina vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirilgan.
To‘plangan hujjatlar o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqish uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tumani sudiga taqdim etildi.
LiveBarchasi