Toshkentda Lacetti kutilmagan manyovr sabab ag‘anab ketdi

Jamiyat

image

Kecha, 10 yanvar kuni taxminan, soat 17:30 da Yunusobod tumanidagi Lokomotiv parki yonida Nexia rusumli avtomobil haydovchisi, 30 yoshli E.K. kutilmagan manyovr sababli 32 yoshli O‘.T. boshqaruvidagi Lacetti rusumli avtomobilga to‘qnashgan. YTHdan oldin ikkala haydovchi ham temir yo‘l svetoforining taqiqlovchi belgisi va tushirilayotgan shlagbaumni mensimagan. Bu haqda TOshkent shahar IIBB Axborot markazi xabar bermoqda.

Tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ikkala haydovchi ham hushyor holatda bo‘lgan. Voqea oqibatida hech kim jabr ko‘rmagan.

Mazkur faktorlar asosida YHXB xodimlari tomonidan ikkala haydovchilarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

133

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing