Toshkentda Lacetti daraxtga borib urildi (video)

Jamiyat

image

Kecha, 22 mart kuni Toshkent shahrining Yunusobod tumanida Lacetti avtomobili daraxtga borib urildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Bildirilishicha, soat 23:45 larda Yunusobod tumani Amir Temur-Bog‘ishamol ko‘chalari chorrahasida harakatlanib ketayotgan Lacetti rusumli avtomashinasi haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotganligi sababli yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Shifokorlar tomonidan haydovchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

“Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida Lacetti rusumli mashina daraxtga borib urilgan edi. YTH oqibatida transport vositasi texnik shikastlangan. Haydovchi va yo‘lovchilarga birinchi yordam ko‘rsatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Lacetti yo'l-transport hodisasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing