Toshkentda Lacetti bilan to‘qnashgan Spark ag‘darilib ketdi

Jamiyat

image

Toshkent shahar Yunusobod tumanida Yunusobod tumanida Lacetti Spark bilan to‘qnashdi. Bu haqda O‘zbekiston IIV YHXBB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 2 aprel kuni soat 18:00 larda Toshkent shahar Yunusobod tumani Buyuk Turon va Zarafshon ko‘chalari kesishgan chorrahada Lacetti hamda Spark rusumli avtomobillar ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Zarb oqibatida Spark avtomobili ag‘darilgan va ushbu avtomobil haydovchisi birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga olib ketilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilib, to‘qnashuv yuzaga kelish sabablariga oydinlik kiritilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

509

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing