Toshkentda Lacetti ariqqa tushib, ag‘darilib ketdi

3-sahifa

image

Bugun, 27 aprel kuni Mirobod tumanida Lacetti rusumli avtomobil yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.  

Ma’lum qilinishicha, 31 yoshli A.A. boshqaruvida bo‘lgan Lacetti rusumli avtomobil Amir Temur va Nukus ko‘chalari kesishmasida boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘l-transport hodisasiga uchragan: transport vositasi avtomabil yo‘lidan chiqib, sug‘orish ariqchasiga qarab ketib qolgan. 

Xabarga ko‘ra, hodisa natijasida hech kim jabrlanmagan. YTH sabablari aniqlanmoqda.

Avvalroq Toshkentning Yashnobod tumanida to‘rt avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

284

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing