Toshkentda kuyov to‘yi kuni bedarak yo‘qoldi

3-sahifa

image

Toshkentlik 1997 yilda tug‘ilgan Abbosxon Axrorxo‘jayevich G‘ulomov 12 fevral kuni Uchtepa tumani, 15-kvartalda joylashgan uyidan chiqib ketib, bedarak yo‘qolgan. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar bermoqda. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, shu kuni yigitning to‘yi bo‘lishi kerak edi. 

Belgilari: bo‘yi 175-180 sm, sochlari qora, ko‘zoynak taqadi. 

Kiyimlari: qora kepka, qora charm kurtka, qora jinsi shim. 

“Hurmatli fuqarolar!  Agar sizda yuqoridagi shaxsning turar joylari to‘g‘risida ma’lumot bo‘lsa,  eng yaqin ichki ishlar bo‘limiga yoki 102 raqami orqali xabar berishingizni so‘raymiz”, deyiladi IIBB xabarida. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

2837

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing